

Meddison tizzasini davolash uchun maxsus mutaxassisga murojaat qildi. 26 yoshli yarim himoyachi noyabr oyida bo'lgan "Vest Xem"ga qarshi bahsda jarohat olgan edi. U JCH-2022 uchun Angliya terma jamoasi qaydnomasiga kiritildi, biroq Qatardagi bahslarda qatnashmadi.
"Meddison o'yinda ishtirok etmaydi. Bugun u shifokorimiz Mark Uoller bilan birga bir qancha muddatga ozod qilindi.
Jeyms jamoa bilan shug'ullanmadi. U tibbiy ko'rikdan o'tdi va shtab uni maydonga tushishi mumkin deb hisobladi.
Meddison Angliya terma jamoasi safida o'ynashga tayyor edi. Biroq qaytganidan so'ng tizzasida og'riq his qildi" - dedi "Lester Siti" ustozi Brendan Rojers.
"Lester Siti" hamda "Liverpul" o'rtasidagi bahs 30 dekabr kuni bo'lib o'tadi.



