"Liverpul"ga qarshi o'yinda "Siti"ni Pep boshqaradi. Biroq Gvardiola emas

Sherzod Nurmatov
10 mar 2026
Angliya Kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Liverpul"ga qarshi bahsda "shaharliklar"ga bosh murabbiy yordamchisi Pep Leynders boshchilik qiladi.

Leynders o'tgan yozda Xosep Gvardiola murabbiylar shtabiga qo'shilgandi.

"Liverpul"ga qarshi o'yinni Pep Gvardiola bosh murabbiy sifatida o'tkazib yuboradi - u joriy mavsumdagi 6-ogohlantirishini olgandi. Shu sababli u ikki o'yinga diskvalifikaciya qilingan va jamoasining "Vest Xem" bilan safar uchrashuvi hamda Angliya Kubogi chorak finali doirasidagi "Liverpul"ga qarshi bahsida qatnashmaydi.

"Manchester Siti" – "Liverpul" o'yini 4 aprel kuni "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: This Is Anfield