“Liverpul”ga “Valensiya” futbolchisi kerak

Ferran Torres “qizillar” nazariga tushdi.

“Liverpul” klubni tark etishi kutilayotgan Jyerdan Shakiriga o'rinbosar sifatida “Valensiya”dan Ferran Torresni olib kelishni rejalashtirmoqda. Ammo ushbu transfyerda Mersisayd klubiga futbolchining narxi xalal berishi mumkin. Boisi “ko'rshapalaklar” Torres uchun 100 mln evro so'ramoqda. Uning klub bilan shartnomasida aynan ushbu mablag' tovon puli sifatida ko'rsatilgan.

Futbolchiga ayni chog'da “Real”, “Borussiya” Dortmund, hamda PSJ klublari davogarlik qilmoqda.

Ferran joriy mavsum La Liganing 25 ta bellashuvida qatnashib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.


Manba: Daily Star