Lixtshtayner endi soatsoz

Mirjalol Normatov
15 mar 2021
Shveytsariyalik mashhur sobiq futbolchi Shtefan Lixtshtayner futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin soat tuzatish zavodiga ishga kirdi.

"Menga bu ish juda yoqadi. Soatlar meni doimo o'ziga jalb qilib kelgan. Doimo futbolchilikni yakunlaganimdan keyin ushbu sohada ishlashni istaganman. Bu kasbni puxta o'rganmoqchiman. Soatlarning qanday ishlashi, ularni sochish va yig'ishni bilib olmoqchiman", - dedi Lixtshtayner.

37 yoshli Lixtshtayner o'tgan yili faoliyatini yakunlagandi. U faoliyati davomida "Augsburg", "Arsenal", "Yuventus", "Lacio", "Grassxopper" va "Lill" kabi jamoalar tarkibida to'p surdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal

O'xshash yangiliklar