"Lokomotiv" Antaliyaga yo'l olmoqda

Aziz Tukhtamuradov
20 jan 2023
O'z oldiga bir yil ichida Proligadan Superligaga qaytishni maqsad qilgan "Lokomotiv" yangi mavsumga tayyorgarlikning asosiy qismini Turkiyada olib boradi.

 "Temiryo'lchilar" Antaliya shahrida 20 yanvardan yig'inga kirishib, 10 fevralga qadar mashg'ulot va o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishadi. 

Turkiya yig'ini doirasida jamoa 6ta sinov-nazorat bahsida maydonga tushadi. 

22.01.2023

"Lokomotiv" - "Krasnodar-2" (Rossiya)


25.01.2023

"Lokomotiv" - "Struga Trim-Lum" (Shimoliy Makedoniya)


27.01.2023

"Lokomotiv" - KF "Dukadjini" (Kosovo)


29.01.2023

"Lokomotiv" - "Chernomorec" (Ukraina)


02.02.2023

"Lokomotiv" - "Ufa" (Rossiya)


09.02.2023

"Lokomotiv" - "Samtredia" (Gruziya)


Quyida "Lokomotiv"ning Antaliyaga yo'l olgan tarkibini keltirib o'tamiz. 

FUTBOLCHILAR

Darvozabonlar: Abdumavlon Abduljalilov, Rustam Nartajiev

Himoyachilar: Jaloliddin Jumaboev, Islom Qobilov, Dilshod Komilov, Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, Abdulloh Yo'ldoshev, Mahdiy Abduraimov, Samuel Ope (Nigeriya), Manuchehr Safarov (Tojikiston)

Yarim himoyachilar: Sanjar Qodirqulov, Maruf Jumaev, Lazizbek Mirzaev, Nurmuhammad Toshpo'latov, Sherzodjon Komilov, Javohir Abdualimov, Ivan Solovev (Rossiya), Boyan Naydenov (Shimoliy Makedoniya)

Hujumchilar: Marat Bikmaev, Anvarjon Alijonov, Ali Abdurahmonov, Rustam Soirov (Tojikiston), Shime Jujul (Xorvatiya)


MURABBIYLAR SHTABI

Denis Korostichenko - bosh murabbiy

Mirko Yelichich - jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy

Andrey Miklyaev - murabbiy

Alisher Ahmedov - darvozabonlar murabbiyi

Abror Pirriev - shifokor

Aleksandr Voloshin - massajchi

Gurgen Israelyan - massajchi

Akram Shomurodov - massajchi

Ulug'bek Usmonxo'jaev - mamur

Ravshan Akbarov - operator

Mirjalol Normatov - matbuot kotibi


Aziz TukhtamuradovMaqola muallifi
Muqova: "Локомотив" матбуот хизмати

Izohlar

Rake
20 jan 2023
Натижа йок. Лекин Хар йили Анталия, Дубай, БААларда дам олиб кедади. Буларни аслида шоли отизда шоли утатиб, сувда югуртириш керак. Товук катакта товук туттирса жуда зур машгулот булади.
Rake
20 jan 2023
Харажатини кандай коплайди экан.
Хакикатгуй
20 jan 2023
Микляев локомотив учун кетмас одам