"Lokomotiv" BAAning Dubay shahridagi yig'inlarni yakunladi

Dubaydagi o'quv-mashg'ulotlar yig'ini yakunlandi.

9 yanvardan 23 yanvarga qadar davom etgan yig'inlarda "Lokomotiv" uchta sinov-nazorat o'yinlarini o'tkazdi.

"Lokomotiv" dastlab, 16 yanvar kuni Moskvaning "Spartak" jamoasi bilan kuch sinashdi va 2:5 hisobida mag'lub bo'ldi. 18 yanvarda esa Slovakiyaning "Jilina" jamoasi 2:0 hisobi bilan dog'da qoldirildi. 21 yanvarda Daniyaning amaldagi chempioni "Brondbyu" jamoasi "Lokomotiv"ni 5:1 hisobida mag'lub etdi. Shu orqali "temiryo'lchilar" yangi 2019 yilgi mavsum uchun tayyorgarlikning ilk bosqichini yakunladi.

Futbolchilar bugun 16:30da Toshkentga yetib kelishadi.

Navbatdagi yig'in 30 yanvardan 13 fevral kuniga qadar Turkiyada bo'lib o'tadi, deya klubning rasmiy safti xabar berdi. 


Manba: lokomotiv.uz