“Lokomotiv” FK yosh jurnalistlarni matbuot xizmatiga taklif etadi

Narzulla Saydullayev
4 jun 2018
Sizda yozgi tatil vaqtida katta futbolda tajriba orttirish uchun ajoyib imkoniyat bor.

Buning uchun “Lokomotiv” futbol klubi jurnalistika, fotomuxbir va foto(Adobe Photoshop,Illustrator, Corel Draw) va video(Adobe Premiere, After Effects) tahrirchi kabi sohalarga qiziquvchi yoshlarga o'z safida tajriba orttirish uchun keng maydon yaratadi. Sizdan jurnalistika sohasida tajriba talab etilmaydi. Biz sizga bu sohada qo'limizdan kelgan barcha yordamni ayamaymiz. Tajriba to'plash uchun sizda 3 oy muddat bor. Ushbu muddat davomida siz “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tadigan barcha uchrashuvlarda bevosita ishtirok etishingiz mumkin. Jamoamizning safar o'yinlariga ham biz bilan sayohat qilish imkoniyati sizda mavjud.

Agar o'zingizni har tomonlama ko'rsata olsangiz, “Lokomotiv” futbol klubi safida professional faoliyatni boshlashingiz mumkin. Tanlov asosida o'tadigan so'nggi bosqichda bu imkoniyatni qo'lga kiritish o'zingizning qo'lingizda.
Imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

Biz bilan bog'lanish telefon raqami: +99894 6600006 



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: lokomotiv.uz

Izohlar

Anvarjon
4 jun 2018
яхши идеяку. манам узимми синаб курсам буларкан. хеч кайси клубда курмагандим лекин бунакасини. кизик нарса уйлаб топишибди. таниш билишчилик бумийжи шунда, яхши бола ишда олиб колинса керак.
"And Chalsea"
4 jun 2018
Qani ediya viloyatdagilarga xam imkoniyat boʻlganida...
BEKSOFT
4 jun 2018
Aniqlik kiritilar. Men Farg'onadanman. Ishlashim mumkinmi? Yoki bu faqat Poytaxtliklar uchunmi?
faxr uzb
4 jun 2018
тел номерга каранг... зур номер а?