"Lokomotiv" matbuot xizmatidan raddiya

Mirjalol Normatov
16 iyul 2020
Bugun "Lokomotiv"da bosh murabbiy almashgani, Andrey Fyodorov iste'foga chiqib, uning o'rnini Aleksandr Xomyakov egallagani borasida mish-mishlar tarqagandi.

Ushbu xabarni aniqlashtirish maqsadida "Lokomotiv" matbuot xizmati bilan bog'landik. Klub rasmiylari esa bizga shunday javobni aytishdi.

- Bu shunchaki mish-mish. "Lokomotiv"da ayni damda bosh murabbiyni almashtirish ishlari muhokama qilinmayapti. Andrey Fyodorov jamoani boshqarishda davom etadi.

Qayd etish kerak, Xomyakovning so'nggi jamoasi "Andijon" bo'lgan va 3-turdan keyin jamoadan iste'foga chiqarilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia