"Lokomotiv": OCHL. Raqiblarimiz "Fulad" va "Al Hilol" g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
5 apr 2015
"Lokomotiv"ning Osiyo chempionlar ligasidagi raqibi "Fulad" Eron chempionatining bu turida zafar quchdi.
O'z maydonida "Istiqlol" bilan bahs olib borgan "Fulad" 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Sharifat hamda Chago tomonidan kiritilgan gollar maydon egalariga uch ochkoni taqdim etdi. "Fulad" keyingi bahsni OCHL diorasida "Al Hilol"ga qarshi o'tkazadi.

OCHLdagi yana bir raqibimiz "Al Hilol" esa mamlakat chempionatining 21-turida "Al Taavon" mehmoni bo'lib, safardan 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytdi. 59-daqiqada Nosir Al Shamroni tomonidan kiritilgan gol "Al Hilol"ga g'alaba keltirdi. Ayni paytda bu jamoa turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz