"Lokomotiv" Turkiyaga qanday tarkib bilan yo'l oldi?

Iskandarov Abdulaziz
5 feb 2025
"Lokomotiv" yangi mavsumga tayyorgarlikni Antaliyada davom ettiradi.

Bugun "temiryo'lchilar" o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib borish uchun Turkiya Respublikasi sari yo'l olmoqda.

Yig'inlarda 24 futbolchisi ishtirok etadi. Qayd etish kerak, bunda 2010 yilda tug'ilgan "Lokomotiv" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Abdulaziz Shukurov ham qatnashadi.

Darvozabonlar: Rahimjon Davronov, Danil Baklanov

Himoyachilar: Anzur Ismoilov, Momchilo Rasho, Davron Hoshimov, Bobir Asqarov, Shahzod G'ofurbekov, Abdulloh Yo'ldoshev, Xudoyshukur Sattorov, Ozodbek O'ktamov, Artyom Miftiev, Vladimir Kozak, Og'abek Shomurodov

Yarim himoyachilar: Azamat Komilov, Levan Arveladze, Akaki Shulaya, Nikola Popovich, Xosrov Hananov, Abdulaziz Shukurov

Hujumchilar: Muhriddin Zoirov, Jasurbek Hakimov, Quvonchbek Abraev, Shodiyor Shodiboev, Sayiddin Mavlonov.

Oldinroq malum qilinganidek, yig'inlarda "Lokomotiv" 6 nazorat o'yini o'tkazadi va shulardan 4 o'yin aniq bo'lib ulgurgan:

8 fevral: "Lokomotiv" - "Ufa" (Rossiya)

11 fevral: "Lokomotiv" - "Kolxeti" (Gruziya)

17 fevral: "Lokomotiv" - "Telavi" (Gruziya)

20 fevral: "Lokomotiv" - "Sheriff" (Moldova)


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Muqova: "Локомотив" матбуот хизмати

Izohlar

БЕК@
5 feb
Расмни кўриб мигрантларми деб ўйлабман