"Lokomotiv" Xyovedes bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
1 avg 2018
Moskvaning "Lokomotiv" klubi nemis himoyachisi Benedikt Xyovedes bilan shartnoma tuzdi.

30 yoshli futbolchi JCH-2014 g'olibi hisoblanadi. "Lokomotiv" bosh direktori Ilya Gerkus "Instagram"ga surat joyladi. Rasmda jahon kubogini ushlab turgan futbolchining qo'li aks etgan. U suratga quyidagicha izoh yozdi: "Tez orada".

Xyovedes so'nggi mavsumni ijara asosida "Yuventus"da o'tkazdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com