"Lokomotiv"ga serbiyalik yarim himoyachi keladi

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2026
"Temiryo'lchilar" tarkibni 27 yoshli xavbek Yovan Nishich bilan kuchaytirmoqchi.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi. 

"Serbiyalik yarim himoyachi Yovan Nishich "Lokomotiv"ga o'tmoqda", – deyiladi xabarda.

27 yoshli Nishich 2025/26 yilgi mavsum "Radnichki" Nish sharafini himoya qilib, 15 o'yinda qatnashgandi. U faoliyati davomida nishliklardan tashqari "Partizan", "Po", "Teleoptik", "Borac" va "Vojdovac" jamoalarida harakat qilgan. Transfermarkt portali uni 700 ming evroga baholagan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia