"Lokomotiv"ning OCHLdagi raqibi - "Istiqlol"ning Toshkentdagi mashg'ulotlaridan suratlar

Alisher
20 yanv 2020
21 yanvar kuni O'zbekiston vice-chempioni "Lokomotiv" klubi OCHL-2020 ikkinchi saralash bosqichi doirasida Tojikiston chempioni "Istiqlol" klubiga qarshi o'ynaydi.

Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi Toshkentdagi ilk mashg'ulotlarini o'tkazdi. Mashg'ulotlar Toshkent temiryo'l muhandislar instituti (TTMI)da bo'lib o'tdi va 1 soat davom etdi.

Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" - "Istiqlol" uchrashuvi 21 yanvar kuni "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 15:00da boshlanadi.


OCHL. "Lokomotiv" qizil, "Istiqlol" oq rangli liboslarda o'ynaydi 



AlisherMuallif
Manba: instagram.com/fcistiklol2007