Loris Franciya terma jamoasi safidagi o'yinlar soni bo'yicha rekordni takrorladi

Aslanov Jasurbek
4 dec 2022
Darvozabon Ugo Loris Franciya terma jamoasi safidagi o'yinlari soni bo'yicha rekordni takrorlashga muvaffaq bo'ldi.

"Tottenxem" sharafini himoya qilayotgan posbon Polshaga qarshi JCH-2022 nimchorak final o'yinini asosiy tarkibda boshladi. Bu uning terma jamoa safidagi 142-o'yini. Lilan Tyuramda ham shuncha bahs mavjud.

Shu bilan birga Loris JCHdagi uchrashuvlar soni bo'yicha (17ta) etakchilar - Terri Anri va Faben Bartezga etib oldi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: Opta Sports

Izohlar

Fayzullayev Fayzullo
5 dec 2022
Ёшиям катта боп колди уже вакт жуда тез утмокда
skromno_98
4 dec 2022
Tottenhemdagi dastlabki yili uni hech kim mensimagandi