Loris "Tottenxem"ning Osiyodagi turnesidan uyiga qaytib ketdi

Alisher
22 iyul 2019
"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris kasalligi bois uyiga yuborildi.

"Shporlar" sardori Singapurda o'tgan "Yuventus"ga qarshi nazorat o'yinida ham maydonga tushmadi.

Xabar berilishicha, 32 yoshli futbolchi Uzoq Sharqda o'zini yomon his qilgan va Osiyodagi mashg'ulotlarda qatnashmagan.

Loris mashg'ulotlarga 3 kundan so'ng, yani "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvdan so'ng qaytishi kerak. O'yin 25 iyul kuni bo'lib o'tadi.

"Tottenxem"ning Loris bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: The Sun