Loriya, Kankava, Kvaracxeliya - Gruziyaning Shveciya hamda O'zbekistonga qarshi o'yinlar uchun tarkibi

Sherzod Nurmatov
9 nov 2021
Gruziya terma jamoasi kecha JCH-2022 saralashi doirasidagi Shveciya va O'zbekistonga qarshi xalqaro o'rtoqlik o'yiniga tayyorgarlikni boshladi.

Milliy jamoa ustozi Villi Sanol bo'lajak o'yinlar uchun 25 nafar futbolchini termaga jalb qildi. 

Darvozabonlar: Giorgi Loriya ("Anortosis", Kipr), Lazare Kupatadze ("Dinamo" Batumi, Gruziya), Luka Gugeshashvili ("Dila" Gori, Gruziya).

Himoyachilar: Guram Kashiya ("Slovan", Slovakiya), Otar Kakabadze ("Krakoviya", Polsha), David Xocholava ("Kopengagen", Daniya), Guram Giorbelidze ("Dinamo", Drezden, Germaniya), Grigol Chabradze ("Dinamo" Batumi, Gruziya), Irakliy Azarov ("Dinamo" Batumi, Gruziya), Luka Lochoshvili ("Volfsberg", Avstriya), Lasha Dvali ("Ferencvarosh", Vengriya).

Yarim himoyachilar va hujumchilar: Jaba Kankava ("Slovan", Slovakiya), Saba Lobjanidze ("Xatayspor", Turkiya), Nika Kvekveskiri ("Lex", Polsha), Xvicha Kvaracxeliya ("Rubin", Rossiya), Zuriko Davitashvili ("Arsenal" Tula, Rossiya), Valeriane Gviliya ("Legiya", Polsha), Vladimir Mamuchashvili ("Dinamo" Batumi, Gruziya), Georgiy Aburdjaniya ("Jil Visente", Portugaliya), Georgiy Citaishvili ("Chernomorec", Ukraina),  Vako Kazaishvili ("Ulsan Xyonde", Janubiy Koreya), Georgiy Chakvetadze ("Gent", Belgiya), Tornike Okriashvili ("Apoel", Kipr), Nika Kacharava ("Anortosis", Kipr), Georgiy Mikautadze ("Seren", Belgiya).

Gruziya 11 noyabr kuni Batumida JCH-2022 saralashi doirasida Shveciyaga qarshi o'yin o'tkazsa, 15 noyabr kuni Gori shahrida O'zbekistonga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

C-19
10 nov 2021
Шууунча ўртоли ўйинла ўтқазвоммиза қачон оддий қиргизлани 5-0 лагга ютамиза, окала. Шу тўрисида ёзила, окала.
+998930376786
9 nov 2021
Tarkib bizdan kuchlik ekan rassiya turkiya polsha daniya ligalarida oyinchilari kopakan
Football_time_
9 nov 2021
Савол ўйин қайси телеканалда транслация қилинади? Ўзи футбол ким учун?
Bu shunchaki o'yin
9 nov 2021
Batumi, Gori! Bizda Toshkent, Toshkent...
Nuriddin 707
9 nov 2021
Лория, Канкава, Кварацхелия узингча сенам бугун кашф килдингми бу суперюлдузларни