Losano faoliyatini Angliya yoki Germaniyada davom ettirishi mumkin

Alisher
28 iyul 2022
"Napoli" hujumchisi Irving Losano ushbu yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 26 yoshli meksikalik futbolchi Angliya va Germaniya chempionatlarida ishtirok etadigan klublardan taklif oldi.

Losano 2019 yilning avgustidan beri "Napoli"da o'ynadi. Forvard o'tgan mavsum neapolliklar safida 37ta o'yinda 6ta gol va 6ta assist qayd etdi.

Transfermarkt futbolchini 30 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira