Lotar Matteus: "Agarda jarohatga yo'liqmasa, u Levandovskining rekordini yangilaydi"

Mirjalol Normatov
12 nov 2023
Sobiq futbolchi Lotar Matteus "Bavariya" hujumchisi Xarri Keynning Bundesligada gol urish bo'yicha Robert Levandovskining rekordini yangilashiga ishonmoqda.

Angliyalik hujumchi Bundesliganing 11-turida "Xaydenxaym" darvozasiga ikki marta yo'l topdi.

"Hozirdanoq taxmin qilishim mumkin. Agarda jiddiy jarohatlarga yo'liqmasa, u Robert Levandovskining rekordini yangilaydi", - dedi Matteus.

2020/21 yilgi mavsumda Robert Levandovski 41 gol urgan holda Bundesliga rekordini o'rnatgandi. Ushbu mavsumda Keyn 11 o'yinda 17 marta raqiblari postiga yo'l topdi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: Berliner Zeitung

Izohlar

leva 8989
12 nov 2023
Jarohat olmasin ilohim
Shunchaki_FUTBOL
12 nov 2023
Gap yo'q Keyn. Chekkada ishni qilayotgan ekanda. Omad Lewandovskiydan o'tkazib rekordlarni yangilab tashla
Andijon 18-sector Hammani Yoradi
12 nov 2023
Shumidi LGBT ni qo'llaydigan Bola