Lui van Gal Chili terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lishi kutilmoqda

Aslanov Jasurbek
19 dek 2020
Chili termasida bosh murabbiy almashishi mumkin.

Chili terma jamoasi bosh murabbiyi Reynaldo Rueda lavozimidan kyetishi mumkin. Uning o'rniga esa niderlandiyalik Lui van Gal kelishi kutilmoqda. Van Galning agenti allaqachon mijozining xizmatlarini chililiklarga taklif etgan. Faqatgina niderlandiyalikning maoshi ushbu kelishuvga xalal berishi mumkin. Boisi Chili futbol federatsiyasi xarajatlarni kamaytirishni rejalashtirgan.

Eslatib o'tamiz, van Gal vaqtida “Barselona”, “Bavariya”, “Manchester Yunayted” hamda Niderlandiya terma jamoalariga bosh murabbiylik qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS