"Jurnalistlar bilan yaxshi vaqt o'tkazaman. Hech qachon matbuot anjumanlariga xalaqit bermayman, nima demoqchi bo'lsam, shuni aytaman. Ammo xayolimga shunday fikr keldi: agar menga maoshimning bir qismini berib, OAV bilan aloqa qilmaysan deb hujjat tutqazishsa, unga imzo qo'yardim. Klub bilan shartnomada jurnalistlar bilan suhbatlashish majburiyati bor. Biroq agar men undan qochib qutula olsam, men buni qilaman. Ayniqsa, o'yindan keyingi matbuot anjumanlaridan qutulishni istayman", – dedi Luis Enrike.
Eslatib o'tamiz, PSJ bugun Liga 1 doirasida "Renn"ga qarshi uchrashuv o'tkazadi.
Izohlar