Luis Enrikening PSJdagi kelajagi ma'lum

Luis Enrike PSJ bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

RMC Sport xabar berishicha, murabbiy va klub 2030 yil o'rtasigacha tuzilgan yangi mehnat shartnomasini imzolashga yaqin. Parijliklar bu masalani mavsum oxirigacha hal qilishni istamoqda. shartnoma uzaytirilgandan keyin Luis Enrikening maoshi sezilarli darajada oshadi - mutaxassis Yevropadagi eng ko'p maosh oluvchi uchta murabbiydan biriga aylanishi mumkin. Luis Enrike boshqaruvida PSJ 10 ta sovrin yutib, xususan 2025 yilda Chempionlar ligasi kubogini qo'lga kiritgan.


Manba: RMC Sport