Luis Felipe Skolari: “Uchrashuv davomida 7 yoki 8 gol urishimiz mumkin edi”

Tolibjon Qosimov
24 iyun 2014
Braziliya terma jamoasi futbolchilari Kamerun darvozasini 7 yoki 8 bor ishg'ol qilishi mukin edi, deb hisoblaydi Luis Felipe Skolari.
“Braziliya terma jamoasi qadam ba qadam o'sishda davom etmoqda. Har bir uchrashuvda to'siqlarni engib o'tyapmiz. Kamerunliklar bilan uchrashuvda  to'rtta gol urdik, ammo 7 yoki 8ta gol urishimiz ham mumkin edi. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonish uchun, o'yinimizni kuchaytirishimiz kerak. Chili ajoyib jamoa” – deydi Skolari.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net