Luish Figu: “Hech qaysi klub Messining tovon pulini to'lay olmaydi”

“Barselona” va “Real” klubi sobiq a'zosi Luish Figu kataloniyaliklar yetakchisining jamoadan kyetishi haqida gapirdi.

“Messi “Barselona”dan ketadimi? Bu yozda aniq kyetmaydi. O'zimdan kelib chiqib aytaman: agar futbolchi qolishni istamasa, u aniq ketadi. Ayni damda hech bir klub Messining tovon pulini to'lay olmaydi. Bunga 100 foiz aminman”, - deydi Figu.

Ma'lumotlarga ko'ra, Messining “Barselona” bilan shartnomasida uning tovon puli 700 mln evro ekanligi ko'rsatilgan.


Manba: Marca