Luka Modrich: "Beyl haqida ko'pchilik adolatsiz gapiradi. U ajoyib yigit"

Alisher
6 okt 2020
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich Garet Beylning "Tottenxem"ga ketgani haqida gapirdi.

"Garet bilan deyarli butun professional futbolchilik faoliyatim davomida o'ynaganman.

Men shuni ayta olamanki, u ajoyib yigit. Garet uyatchan, u haqida ko'pchilik adolatsiz gapiradi. U kiyim almashtirish xonasida biroz ispancha gapiradi.

Uning Madrid klubida erishgan yutuqlari odamni hayron qoldiradi, ammo uni so'nggi yillar uchun tanqid qilishdi. So'nggi yillarda ishlari yurishmadi va uning yutuqlarini barcha unutdi", - deydi Modrich.


AlisherMuallif
Manba: As