Luka Modrich: "Milan" – bolaligimdagi sevimli jamoam, Boban esa kumirim edi"

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2025
Luka Modrich nega "Milan"ga o'tishga qaror qilganini tushuntirdi.

Dushanba kuni 39 yoshli yarim himoyachi "rossonerilar" bilan "1+1" sxemasi bo'yicha bir yillik shartnoma imzoladi. Xorvat klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng 13 mavsum o'ynagan "Real"ni tark etdi.


– Bolaligimda Italiya chempionatini ko'p ko'rardim, "Milan" esa mening sevimli jamoam edi. O'sha paytlarda Xorvatiyada "Milan" juda mashhur edi, chunki u dunyodagi eng ommabop klublardan biri bo'lgan. U yerda Zvonimir Boban o'ynardi, u mening kumirim bo'lgan.

Endi men "Milan"daman, bundan juda xursandman va yangi sayohatni intizorlik bilan kutayapman.


– Nima sababdan "Milan" taklifini qabul qildingiz?

– Men Yevropada qolishni, raqobatbardosh turnirda o'ynashni xohladim. Menda boshqa takliflar bor edi, lekin "Milan"ni eshitishim bilan ularni tanladim.


Igli Tare ("Milan"ning sport direktori) Xorvatiyaga kelib, menga "Milan" loyihasi haqida gapirib bergani meni hayratda qoldirdi. Klubning menga qanchalik qiziqish bildirayotganini ko'rsatishi men uchun muhim edi.

"Milan" – Yevropaning eng buyuk klublaridan biri. U o'rtacha natijalar bilan qanoatlanmaydi va eng yuqori maqsadlarni – sovrinlarni yutish, dunyoning eng yaxshi jamoalari bilan raqobatlashishni o'ziga vazifa qilib qo'yishi kerak. Shu sabab men bu yerdaman, – dedi Modrich klub mediasiga bergan intervyusida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: acmilan.com