Luka Modrich yangi klubi bilan qachon shartnoma imzolaydi?

Alisher Ostonov
4 iyun 2025
Luka Modrich "Milan"da o'ynaydi.

"Real"ni erkin agent sifatida tark etayotgan Xorvatiya terma jamoasining 39 yoshli yarim himoyachisi Milan klubiga o'tishga yaqin turibdi.

Janluka Di Marcio xabariga ko'ra, Luka "Milan"ga o'tishga rozilik bergan. Klub xavbek bilan ertagayoq shartnoma tuza olishiga ishonmoqda. Juda bo'lmaganda bu 48 soat ichida sodir bo'lishi kerak, deya ta'kidladi Sky Sport.

Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, gap bir yillik kelishuv haqida ketmoqda.

Modrich "Madrid" safida 2012 yildan buyon o'ynab kelayotgandi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com