

Bugun, 8 iyul kuni, MYU "Everton" bilan belgiyalik forvard borasida kelishib olganini e'lon qildi. Ma'lumotlarga ko'ra, transfer narxi 75 mln. funt.
Shunday qilib, 2011 yilda "Chelsi" hamda "Liverpul" o'rtasida o'rnatilgan transfer rekordi yangilanadi. O'sha yili ko'klar 50 mln. funt evaziga qizillar hujumchisi Fernando Torresni xarid qilgan edi.
Eslatib o'tamiz, so'nggi mavsumda 24 yoshli Lukaku APLning 37 ta uchrashuvida 25 ta gol urdi.



