Lukakuning onasi Messining muxlisi ekan

Aslanov Jasurbek
13 apr 2019
"Manchester Yunayted" hamda "Barselona" o'rtasidagi Chempionlar ligasi 1/4 final ilk uchrashuvidan (0:1) so'ng, "qizil iblislar" hujumchi Romelu Lukakuning onasi tasodifan Lionel Messi bilan uchrashib qoldi.

Videoda futbolchining onasi argentinalik bilan bo'lgan kutilmagan uchrashuvdan juda xursand ekanligi ko'ringan. Romeluning onasi Adolfin Messini bag'riga bosib, bir necha marta uning famiyalisini takrorladi.

TAS-IX

 


TAS-IX emas

"Barselona" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi javob uchrashuvi 16 aprel kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com