

"Bugun juda qiyin o'yin o'tkazdik, shunday bo'lishini oldindan bilardik. Bundan buyog'iga har bir o'yin finalga teng va juda murakkab o'tadi. Biz Afg'onistonga qarshi har qanday holatga tayyorgarlik ko'rgan holda maydonga chiqdik. O'yin ekstra-taymlarga qadar davom etdi, biroq biz 40 daqiqa ichida g'alabani o'z tomonimizga og'dirishga harakat qildik. Chorak finalda qaysi raqib tushishi ahamiyatsiz. Muhimi, har o'yinda finalda o'ynayotgandek bor kuchimizni ishga solamiz", dedi Suares.
Eslatib o'tamiz, Paragvay terma jamoasi chorak finalda Tailand - Fransiya juftligi g'olibi bilan bellashadi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.



