Lutfulla To'raev: "Jasur o'zimning ukam"

Coca Cola Superliganing 20-turi doirasidagi "Lokomotiv" 1:3 "Neftchi" uchrashuvidan so'ng mehmonlar sardori Lutfulla To'raevning fikrlari bilan qiziqdik.

- Musobaqa jadvalida yonma-yon ketayotganimiz tufayli bugungi o'yinning bahosi 6 ochkoga teng edi. Menimcha, barcha muxlislarga yoqadigan uchrashuv bo'ldi va haqli ravishda g'alaba qozondik. To'g'ri, qizil kartochka ham natijaga ta’sir qilgandir. Lekin biz uchrashuv uchun tayyorlangan barcha rejalarni amalga oshirdik.

- O'yin davomida Jaloliddinov bilan ko'p to'qnashdingiz. Shunaqa bahslar hayotdagi munosabatlaringizga ta’sir qilmaydimi?

- Yo'q, Jasur o'zimning ukam. Bizning o'rtamizda qo'pol kontaktlar ham, munosabat ham bo'lmaydi. 

- Mavsumning birinchi qismida "Neftchi"ning ishlari yurishmagandi. Oxirgi turlarda vaziyat ancha yaxshilandi. Hozir jamoa oldiga qo'yilgan vazifa qanday?

- To'g'ri, yil avvalida niyatlarimiz kattaroq edi. Ammo omadsizlikka uchradik. O'zim ham jarohat tufayli maydon tashqarisida qolib ketdim. Vazifaga keladigan bo'lsak, jamoaning bugungi holati va ruhiyatidan kelib chiqib, kuchli oltilikka kirishga harakat qilyapmiz.


Manba: championat.asia