Lutfulla To'raev yana ikki yil "Bunyodkor" sharafini himoya qiladi

Aslanov Jasurbek
21 feb 2021
O'z o'yinlari bilan yoshlarga o'rnak bo'layotgan, milliy terma jamoamizning asosiy futbolchilaridan biriga aylanayotgan tajribali yarim himoyachi Lutfulla To'raev 2021 yilgi mavsumda ham "Bunyodkor" libosida to'p tepadi.

 So'nggi ikki yilda jamoaning "yuragiga" aylanib qolgan To'raev bilan ikki yillik shartnoma imzolandi. Umid qilamizki, Lutfulla To'raev yangi mavsumda ham Bunyodkorning g'alabalariga ulkan hissa qo'shadi va jamoamiz Superligani sovrindorlar qatorida yakunlaydi.

 

MA'LUMOT UCHUN

Lutfulla To'raev

Tug'ilgan sanasi: 30.03.1988 yil

Tug'ilgan joyi: Sirdaryo, Xovos shahri

Ampluasi: yarim himoyachi

FAOLIYATI

2004-2008 yillar "Mashal"

2009-2011 yillar "Nasaf"

2012-2013 yillar "Bunyodkor"

2014-2015 yillar "Lokomotiv"

2016 yil "Felda (Malayziya)

2017 yil "Terenganu" (Malayziya)

2018 yil AGMK

2019 yildan "Bunyodkor"

2010 yildan O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: "Бунёдкор" матбуот хизмати

Izohlar

Fortunaa
21 feb 2021
Наҳотки бир вақтни ўзида икки жамоа бн қандай шартнома қилиш мумкин. Ахир уни Ўзбекистон МТЖ билан бир умрлик шартномаси борку. УФА кўзи қаёққа қараяпти. :-)
Chelsea N1
21 feb 2021
Lutfulla ishonchni oqla
Музаффар Махмудов
21 feb 2021
Яна икки йил уйнайди ва шу билан пенсияга чикиб кетади, деб кушиб куймабди-да
QORACHAQIYA XASAN
21 feb 2021
To‘g‘risi bu xabarni eshitib nima deyishni bilmay qoldim menimcha bu xabar 2021 yilning eng yomon xabari bo‘sa kerak
Erkin Israilov
21 feb 2021
Ия Лутфулла Тўраев (Хайрулла Хамидов)