Maksim Shackix: “Ketma-ket har 3 kunda o'yin o'tkazish oson emas”

Alisher
21 sep 2024
Superliganing 19-turidan o'rin olgan “Metallurg” - “Paxtakor” (3:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Hammasiga o'zingiz guvoh bo'ldingiz, biz bugunni o'yinni boy berdik.

- Uchrashuvning dastlabki qismida yuzaga kelgan jarohatlar rejalaringizga tasir ko'rsatdimi?

- Futbolda uchrab turadigan holat. Biz etiborni yo'qotdik, palapartishliklarga yo'l qo'ydik.

- Dragan Cheran yaxshi o'ynab turgandi. Uning Sobirxo'jaev bilan almashtirilishiga qanday izoh berasiz?

- Ketma-ket har 3 kunda o'yin o'tkazish oson emas. Futbolchi ham inson va unda ham charchoq kuzatiladi. Bilasiz, bir necha kun avval Elit Chempionlar ligasidagi o'yinimizni o'tkazdik. Shu boisdan turli o'zgarishlar bizga zarur edi.


AlisherMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Davronbek Abduvaliev
22 sep 2024
Воқеалар ривожини кузатамиз.
Davronbek Abduvaliev
22 sep 2024
Воқеалар ривожини кузатамиз.
Davronbek Abduvaliev
22 sep 2024
Воқеалар ривожини кузатамиз.
Pakhtakor_LIONS
21 sep 2024
Пахтакордан кетиш вакти келиб булди.
Hursid Panjiyew
21 sep 2024
Йок.Мурабий кнтса йахши боларди