Manba: O'zbek klubi sloveniyalik himoyachini olib keldi

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2026
"Xorazm" jamoasi navbatdagi legionerni tanishtirish arafasida turibdi.

Sloveniyalik himoyachi Matiya Rom faoliyatini "Xorazm" jamoasida davom ettiradi. U bilan mavsum so'ngiga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzildi.

Bu haqda Championat.asia muxbiri Bekzod Tolibov xabar berdi.

27 yoshli futbolchi faoliyati mobaynida Sloveniya, Xorvatiya, Ukraina, Gruziya va Qozog'iston jamoalarida harakat qilgan. Uning so'nggi klubi "Jenis" bo'lgan. Transfermarkt portali futbolchini 350 ming evroga baholamoqda. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia