Manba: Tuxel PSJ bilan shartnoma tuzdi

Tolibjon Qosimov
9 apr 2018
"Borussiya" (Dordmund) sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel PSJ bilan shartnoma imzoladi.

Kelishuv yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2 yilga tuzilgan. Bu haqda nemis sayti bo'lgan "Sportbuzzer" xabar berdi. Bu ma'lumot rasman tasdiqlanmadi.

Hozircha parijliklarni Unai Emeri boshqarmoqda, u oldinga qo'yilgan maqsad - YCHLda muvaffaqiyatli ishtirokni uddalay olmadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sportbuzzer