"Manchester Siti" 1/16 final bosqichidagi eng chiroyli golni o'tkazdi, Husanov esa debyut golini urdi

Aslanov Jasurbek
9 feb 2025
Angliya kubogining 1/16 final bosqichida "Manchester Siti" jamoasi "Leytor Orient" mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvda hisobni 3-divizion vakili bo'lgan "Leyton Orient" ochgan bo'lsada, yakunda manchesterliklar g'alabani ilib ketishdi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov ushbu uchrashuvning 2-bo'lim avvalida zaxiradan maydonga tushirildi va 56-daqiqada gol urib hisobni tenglashtirdi. Riko Lyuisning kuchli zarbasi Husanovning elkasiga tegib raqib darvozasidan joy oldi. 79-daqiqada esa Grilishning zargarona pasidan keyin Kevin de Bryuyne "Siti"ga g'alaba keltirgan golni kiritdi.



Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Ulugbek Adizov
9 feb
Абдукодир сан узбек футболчиларини жахонга чикадиган визитний карточкасисан омадингни берсин
Sardorbek
9 feb
Abduqodir Angliyada Gol urgan 1-oʼzbekistonlik Futbolchi Xali bu boshlanishi ✅????????
. ::Abu Rayyon::.
9 feb
Gol urgani yo'q, urilgan Gol Husanovga yozildi deb holis bo'linglar
Obidjon
9 feb
Gap yoʻq.Omadi keldi.Futbolda omad ham kerak.
Гуломжон
9 feb
Хусанов гап йук молодец. Лекин гол уники эмас тан олиш керак хозир канакадир янгича коидалар купайиб кетти аслида зарбадан кейин туп дарвоза сохасига кетяптими йул йулакай кимга тегсаям зарба эгаси гол сохиби саналади.