Dastlab londonliklar Eberechi Eze va Kris Richardsning gollari evaziga kutilmaganda hisobni 0:2 ko'rinishiga olib kelishdi, ammo "Man Siti" De Bryuyne, Marmush, Kovachich, Makati va Niko O'Raylining gollari evaziga yirik hisobda g'alabaga erishdi. Jamoa hozirda to'rtinchi o'ringa ko'tarilib oldi, ammo undan ikki ochko kam jamg'argan "Chelsi" ushbu turdagi o'yinini hali o'tkazib olmadi.
"Shaharliklar" safida o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov bu safar ham zaxirada qoldirildi.
Izohlar