"Manchester Siti" sobiq futbolchisi Gvardiolaning murabbiylar shtabiga qo'shildi

I.J.I
15 jul 2025
Kolo Ture Gvardiola bilan ishlaydi.

"Siti" sobiq futbolchisi Kolo Ture Gvardiolaning murabbiylar shtabiga qo'shildi. Himoyachi 2009 yildan 2013 yilgacha "Manchester Siti" safida to'p surgan. "Manchester Siti" 44 yoshli mutaxassisni bosh murabbiy yordamchisi lavozimiga tayinlaganini elon qildi. Murabbiy Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ham Gvardiolaning oldida ko'rinish bergandi, "Siti" esa uning asosiy jamoa murabbiylar shtabiga kirganini bugun rasman elon qildi.


Ture 2009 yildan 2013 yilgacha "shaharliklar" safida o'ynab, jamoa bilan Angliya chempionati, Angliya kubogi va Angliya Superkubogini qo'lga kiritgan. U 2024 yildan beri "Manchester Siti" U18 jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Bundan oldin Kolo "Uigan" asosiy jamoasiga bosh murabbiylik qilgan edi.


I.J.IMaqola muallifi
Qopqoq: www.mancity.com

Izohlar

Muhammadali Sirojiddinov
16 jul
Akasi yaya ture qayerda ekan umuman fudboldan chetda qolgan wekili koʻriniw bermay qoʻydi
Sardor Merzaev
16 jul
Yaya ture ukasi menimcha