"Manchester Siti" yoshlari derbidagi bu harakati orqali barchaga o'rnak bo'ldi

Mirjalol Normatov
14 feb 2021
Yakunda 2:4 hisobida mag'lub bo'lishdi.

Manchesterdagi mini-derbi qaynadi: "Siti"ning U-18 jamoasi ketma-ket 20 o'yindan beri yutqazmayotgandi, biroq "Yunayted" qo'shnilari yuziga shapaloq tortgandek bo'ldi.

Garchi tomonlarning principialligi yuqori darajada bo'lsa-da, derbi feyr-pley qoidalariga ko'ra o'tkazildi. Xo'sh, aslida nima bo'ldi?

"Siti" futbolchisi jarohat olgani sababli MYU himoyachilari to'pni autga chiqarib yuborgandi. Xemilton esa to'pni autdan raqiblariga oshirib berdi. Xurado esa to'pga tegmasdan, uning maydondan tashqariga chiqib ketishini istagandi. Biroq Tay Sodje vaziyatni tushunmadi va borib gol urdi. "Yunayted"ning murabbiylari va futbolchilarining jahli chiqdi, hakam esa golni inobatga oldi.

"Siti" akademiyasi bosh murabbiyi bunga ajoyib reakciya bildirdi: Karlos Visens esa gol o'tkazib yuborish kerakligini talab qildi. Yakunda hech kim Charli Maknilga qarshilik ko'rsatmadi: u darvoza yoniga bordi va xotirjam gol urdi.

Aytgancha, ushbu o'yinda MYUning barcha gollarini Charli kiritdi. Yigitcha ushbu mavsum 12 o'yinda 11 gol urdi, ammo ahamiyatli jihati shundaki, u ushbu mavsum oldidan aynan "Siti"dan "Yunayted"ga o'tgandi.

Siz bu bolakay haqida aniq eshitgansiz: u o'smirlar futbolida 600tadan oshiq gol urgan. Britaniya matbuotining yozishicha, u "Yunayted"ga muxlislik qiladi, lekin so'nggi 6 yilni "Siti" akademiyasida o'tkazgan. Yozda 16 yoshli futbolchiga "Siti" professional shartnoma taklif qilgan, ammo u "Yunayted" yoshlari tarkibiga o'tishni istagan.

Ushbu rasm orqali uning sevimli jamoasini bilib olish qiyin emas)


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

jizzax_so'g'diyona
15 feb 2021
Ana xaqiqiy mardni ishi. Bizni Loko esa shunde vaziyatda gol urib Sugdiyonaga 1-1 buludi. Yana usha yili chemp. bulde deb keriludi. LOKO PAZORRRR
jizzax_so'g'diyona
15 feb 2021
Ana xaqiqiy mardni ishi. Bizni Loko esa shunde vaziyatda gol urib Sugdiyonaga 1-1 buludi. Yana usha yili chemp. bulde deb keriludi. LOKO PAZORRRR
Anvarjon2186
14 feb 2021
Tòģrisi bundanda boshqa voqeamikan deb òylagandim. Menga juda katta ishga òhshamadi..uzr lekin..
Samarano
14 feb 2021
City to'tli qilgan ekan treneri orqali aybini yuvipdi.
Nurik_United
14 feb 2021
Сити уйинчиларни кузига Бир коп пул булиб куринади,сити учун енадиган уйинчини узи йук,Стерлинг хам ситида уйнайди,ва Юнайтедни севади.