"Manchester Siti" yozda "Yuventus" posbonini sotib olishga urinib ko'rishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
18 mar 2025
"Manchester Siti" "Yuventus" darvozaboni Mikele Di Gregorioga qiziqish bildirmoqda.

APLning amaldagi chempioni 27 yoshli futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olish masalasini ko'rib chiqishi mumkin.

"Yuventus" bu mavsum oxirida darvozabonni qo'yib yuborishga tayyor emas. Ular yozda 60 million evrodan ortiq taklif bo'lgan taqdirdagina Di Gregorioni sotish imkoniyatini ko'rib chiqishlari mumkin.

"Keksa sinora" darvozaboni 34 ta o'yinda 34 ta gol o'tkazib yubordi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar imzolangan.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: Tutto Juve

Izohlar