"Manchester Siti"ning yaponiyalik futbolchisi Bundesligaga yo'l oldi

Mirjalol Normatov
3 jul 2022
Yaponiyalik himoyachi Ko Itakura "Manchester Siti"dan Menxengladbaxning "Borussiya"siga o'tdi.

Itakura nemis jamoasi bilan 2026 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. U 2019 yil yozida "Kavasaki Frontale" jamoasidan "shaharliklar" tarkibiga ko'chib o'tgan, biroq asosiy jamoada umuman maydonga tushmagandi.

O'tgan mavsumlar davomida u Niderlandiyaning "Groningen" va Germaniyaning "Shalke-04" jamoalari tarkibida ijara asosida harakat qildi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: Goal

Izohlar

Faxriddin Aliyev
3 jul 2022
Miyyasi aynip qopti shekili adminlarni sal oldinam shu xabar chiqqan edi
Elyorbek (Man. City)
3 jul 2022
Lekin Shalke da yaxshi mavsum o'tkizdi Itakura, shu sababli Myunxengladbax ga o'tibdi.Kavasaki Frontali dan 1 mln evro ga olgan edi umrini ijarada o'tkizdi Itakura vanixoyat sotib yuboribdi yaxshi.Omad Ko Itakura.