"Manchester Yunayted" "Everton" himoyachisi Koulmanni nishonga olgan

Aslanov Jasurbek
18 okt 2016
"Everton" himoyachisi Sheymus Koulman "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida.

MYU ustozi Joze Mourinyo qishda Fabinoni ("Monako") xarid qila olmasa, 28 yoshli irlandiyalikni zaxira transfer sifatida ko'rmoqda.

"Everton" futbolchisining transfer narxi 25 mln. funtga baholanmoqda.

Koulman joriy mavsumda Premer-liganing 5 uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Independent