"Manchester Yunayted" futbolchini Londonga qaytarib yuboradi

Mirjalol Normatov
2 yanv 2024
"Manchester Yunayted" himoyachi Serxio Regilon bilan ijara shartnomasini bekor qiladi.

Mankunianliklar futbolchini yanvarda "Tottenxem"ga qaytarib yuborish bandini ishga tushirdi. Shu orqali Serxio Regilon Londonga qaytib ketadi. Ushbu mavsumda ispaniyalik himoyachi barcha turnirlarda MYU tarkibida 12 o'yinda maydonga tushdi.

Oldinroq uning xizmatlariga "Borussiya" D tomonidan qiziqishlar bo'layotgani haqida ma'lumotlar tarqalgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic