"Manchester Yunayted" hujumchisi A Seriyaga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
10 apr 2025
Hujumchi Rasmus Xoylund A Seriyaga qaytishi mumkin.

Fabricio Romanoning malumotiga ko'ra, "Manchester Yunayted" hujumchisini Italiyaning nomi oshkor qilinmagan bir qancha klublari kuzatib borishmoqda.

Agarda mankunianliklar hujumchisini sotib yubora oladigan bo'lsa, yozda klub uning o'rniga boshqa futbolchi olib kelishga harakat qiladi. 22 yoshli hujumchining MYU bilan 2028 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomasi bor. U 2023 yil yozida "Atalanta"dan transfer qilingandi.

Ushbu mavsumda Xoylund APLning 26 o'yinida 3ta gol urdi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Qopqoq: x.com/FabrizioRomano

Izohlar

. ::Abu Rayyon::.
10 apr
Shu 2 ta bolachani fakon millionga oldi, kelishdi, maydonga tushishdi lekin o'zini oqlamadi, boshqa davlat boshqa ligadan keldi, kelishidan oldin 2-3 sezon samarali o'yin ko'rsatgan bo'lsa ham maylidi! Shu M.U rahbarlariga hayronman, undan ko'ra APL da o'ynayatgan TOP 8 ni pastida yurgan clublarni hujumchilarini harid qilsa yaxshiroq emasmikin? Liga almashmaydi, raqiblarni qisman taniydigan hujumchi bo'ladi John Duran, bulardan o'lsa o'ligi ortiq edi, mana Liam Delap bor.... bularni optom sotish kerak