"Manchester Yunayted" katta transferni amalga oshirish uchun ikkinchi taklifni tayyorlamoqda

Alisher
23 jun 2024
"Manchester Yunayted" haligacha "Everton" himoyachisi Jarred Brantueyt bilan shartnoma imzolashga urinmoqda.

MYU 21 yoshli futbolchini mudofaasi uchun asosiy maqsad sifatida ko'rmoqda. Klubning qo'shimcha xizmatlar bilan birga 43 million funtlik (51 million evro) ilk taklifi "ko'klar" tomonidan rad etildi.

"Manchester Yunayted" himoyachi bo'yicha ikkinchi taklifni tayyorlamoqda. "Everton" Brantueytdan 70 million funt (82 million evro) ishlamoqchi.

Himoyachi 2023/24 yilgi mavsum "Everton" safida 41ta o'yinda 3ta gol urishga erishdi. Uning shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMaqola muallifi
Muqova: Daily Mail

Izohlar

Man_Utd Norin
23 jun 2024
Maguayr van bissaka lindelof evans malasia hammasi musr blat
{ CHELSEA }
23 jun 2024
Man Utd transferlarda oqsayapti...
Buhgalter
23 jun 2024
Англиянинг асосий таркибида йуқку бу футболчи, ёки бошқа терма жамоа шарофини химоя қиладими? Қимматку жуда
Ман юнайтедN1
23 jun 2024
Шу ёзни утказади савдолашиб
Akbar
23 jun 2024
Kerakmas.