"Manchester Yunayted" Mxitaryan uchun 42 mln. evro taklif qildi
Aslanov Jasurbek
29 iyun 2016
"Manchester Yunayted" rahbariyati Dortmundning "Borussiya" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanni xarid qilish uchun turli variantlarni ko'rib chiqishmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, ingliz grandi bu safar nemis klubiga 42 mln. evro taklif qilgan. Oldinroq mankunianlar armanistonlik uchun 32-36 mln. evro sarflamoqchi edi.
Mxitaryanning "Borussiya" bilan shartnomasi 2017 yilning yozigacha amalda.