"Manchester Yunayted" Pereyrani qo'yib yuborishni rad etdi

Alisher
18 yanv 2022
"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Andreas Pereyrani "Flamengo"ga to'la asosda qo'yib yubormadi.

Futbolchi hozirda ushbu klubda ijara asosida to'p tepadi va ikki yildan beri MYU libosini kiygani yo'q.

"Qizil iblislar" uni 10 million evroga sotishmadi. Klub o'yinchi uchun kamida 19 mln evro talab qildi.

Pereyra joriy mavsum Braziliya chempionati doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun