"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi: "Jeydon Sancho Erik ten Hagdan kechirim so'rashi kerak"

Sherzod Nurmatov
29 sep 2023
Mashhur murabbiy va "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Stiv Bryus Jeydon Sancho va Erik ten Hag o'rtasidagi mojaro haqida to'xtalib o'tdi.

"Bu muammoni hal qilishning yagona yo'li – murabbiy oldiga borib, kechirim so'rash. Keyin esa jamoadoshlardan uzr so'rash lozim.

Ijtimoiy tarmoqlarga kirib, murabbiyni tanqid qilib o'tirish kerak emas. Axir, u xo'jayin va qarorlarni o'zi qabul qiladi. Hech bo'lmaganda unga nisbatan hurmat bo'lishi kerak.

Qoida hamma uchun bir xil bo'lishi kerak. Ten Hag kelganidan beri principial yo'l tutmoqda. U bunday xatti-harakatlarga toqat qilmaydi", – dedi Bryus.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Manchester Evening News

Izohlar

Erkin Abdullaev
29 sep 2023
Bo'masam Saudiaga ketadi dpmatida oxirida
M-citi✓As Milan
29 sep 2023
Bu kal bosh myuda nmani qoyillati xayronsan brayton bn sitiga duxini berib qoygan mavsum boshlanmasdan oldin ten hag shu ikki clubdan achko ololmasligini blardi