"Manchester Yunayted" yana bir darvozabon olib kelmoqchi

Sherzod Nurmatov
7 okt 2025
Yosh darvozabon Senne Lammens MYU safida yorqin debyut qildi va "Sanderlend"ga qarshi o'yinda darvozasi daxlsizligini saqladi.

Ko'rinishidan, Ruben Amorim bu poziciyada katta raqobat bo'lishini xohlaydi.

"TalkSPORT" xabariga ko'ra, "qizil iblislar" allaqachon boshqa darvozabon qidirmoqda. Uning kelishi uchun eng maqbul vaqt 2026 yilning yozidir, biroq mos nomzod topilsa, keyingi transfer oynasidayoq "Old Trafford"ga yangi darvozabon kelishi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSPORT