"Manchester Yunayted" yomon startga nima sabab bo'lganini o'rganmoqda

Sherzod Nurmatov
14 oct 2023
"Qizil iblislar" doim ham optimal tarkibni maydonga tushira olmayapti.

"Manchester Yunayted" mavsum boshlanganiga tom manoda ikki oy o'tgan bo'lsa-da, nima uchun asosiy tarkibning 16 nafar futbolchisi birdan jarohat olganini aniqlashga harakat qilmoqda. Klub bu borada ichki tekshiruv boshladi, deb xabar berdi "Daily Mail".

"Manchester Yunayted" asosiy jamoasi chap qanot himoyachisi bo'lmagan vaziyat ham yuzaga keldi. Lyuk Shou, Tirell Malasia va transfer oynasi yopilishi arafasida ijaraga olingan Serxio Regilon jarohat oldi. Shu bois bu poziciyani yarim himoyachi Sofyan Amrabat yopdi.

"Manchester Yunayted" barcha musobaqalarda 11 ta o'yinda 6 marta mag'lubiyatga uchradi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Daily Mail

Izohlar

Forever Manchester United
14 oct 2023
hozir Ca dagi expertlar aytib berishadi nima uchun ekanligini