"Manchester Yunayted"da juda ko'p dangasa o'yinchilar bor"

Nozimov Nig'monxo'ja
3 dek 2023
"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz "Nyukasl" bilan o'yinda Erik ten Xag jamoasining mag'lubiyati haqida gapirdi.

"Ayni paytda ular kuchli jamoa emas. Ularning yaqinda erishgan natijalari aldamchi. Jamoada dangasa o'yinchilar juda ko'p - bizda bunday futbolchilar bo'lishi kerak emas, ularni to'g'irlash lozim", - dedi Skoulz Angliya Premer-ligasi rasmiy saytiga.

Ayni vaqtda MYU APL turnir jadvalida 14-turdan so'ng 7-pog'onada ketmoqda. U peshqadam "Arsenal"dan 9 ochko ortda bormoqda.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com

O'xshash yangiliklar